Bundan taxminan 615 yil muqaddam dunyodagi eng katta urush bo'lgan. Unda taxminan 400 ming askar qatnashgan. Bu urush dunyoning keyingi manzarasiga katta ta'sir qildi, tarixni o'zgartirdi. Bu jang oqibatlari ko'plarni suyuntirdi. Aqlli va uzoqni ko'ra biluvchi millatparvarlarni esa qattiq qayg'uga solgani shubhasiz edi.
Bu urush serb qirolini xursand qildi, slavyan va farang qirollarining oromini qaytardi, Rim papasi do'ppisini osmonga otdi, chinliklarning kayfini chog' qildi.
Bu urush milliy tariximizdagi, oliy siyosiy doiralarimizdagi buyuk siyosiy xato bo'lgan edi. Bu faqat buyuk ajdodimizning emas, balki buyuk qardosh ajdodimizning ham ulkan xatosi bo'ldi. Biz "ota turk" edik, ular esa "bola turk"edilar. Hamon shunaqa. Biz aka-uka edik (hali ham shundaymiz), afsuski, aka va uka begonalarning oldida mushtlashdi, bir-biri bilan yoqalashdi. Axir, uka sho'xlik qilsa, aka uni kechiradi; buyuklikning, ulug'likning, kattalikning mazmuni ham shunda-ku.
Jangda hech qachon urushayotgan tomonlar yutmaydi, faqat uchinchi tomon yutadi. Poytaxtga behisob xazina-yu boyliklar, usta-hunarmandlarni olib qaytgan muzaffar shaxs nima qilib qo'yganini anglaganmidi o'shanda? Axir, uni komil inson darajasida deb bilamiz-ku? Nahotki, uning o'tkir zehni kelajakni ko'ra olmagandi?! Xom sut emgan bandamiz biz ...
Nega biz endi bu tarixiy fojiani milliy g'urur deb bilyapmiz? Aka ukasini o'zgalar oldida burnini qonatib urishi qachon sharafli bo'lgan? "Yevropa xaloskori"ning bu xizmati ularni saqlab qoldi, ularning nafsi hakalak otishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik qilishlari uchun xizmat qildi.
Biz ruslarga, faranglarga qarata bobomiz qilgan xizmatni aytib maqtanamiz, ularni tilini qisib qo'ygan bo'lamiz deb o'ylaymiz, shekilli. Qaniydi shunaqa bo'lsa! Agar ruslar bu xizmatni qadriga yetganlarida XIX asr ikkinchi yarmidagi voqealar bo'larmidi!? Bu urushdagi g'alaba ularni xursand qilgan, ayni paytda, ular ustimizdan kulishgan ham. Keyinchalik ham kulishdi yuzlab yillar davomida.
Qisqasini aytganda, biz Usmonli turklar ustidan qilingan g'alaba bilan yevropaliklarning ozodligi saqlanib qoldi, mustahkamlandi deyish bilan kaltabinlik qilyapmiz, o'zligimizdan uzoq gaplarni aytyapmiz, go'yoki yevropaliklarga hushomad qilyapmiz.
Ha, bu urush adolatsiz edi, uyat edi, chunki unga dimoq, nafs sababchi bo'lgan edi.

Merkur Merkur FRS - Merkur Futur and Barber Pole
ReplyDeleteMerkur 메리트카지노 Futur and Barber rb88 Pole Adjustable Safety Razor. dafabet The Merkur Futur and Barber Pole Futur blades are designed to be a very compact, extremely practical razor.€55.00