Davlatning boyligi uning tabiiy zahiralaridami yoki sanoati va texnologiyalaridami? Saudiya Arabistoni misolida olsak, ulkan neft konlarida, Isroil misoliga qarasak, zamonaviy texnologiyalar-u fan taraqqiyotida. O'zbekistonda-chi?
O'zbekistonda behisob suyuq va qattiq energiya manbalari ham, temir konlari ham, dunyo talabgor bo'lgan texnologiyalar-u sanoat mahsulotlari ham yo'q. To'g'ri, oltin bor, paxta bor, ozroq gaz bor, radioaktiv metallar ham yo'q emas. Lekin ular butun iqtisodiyotni ko'tarib yuboradigan darajada mo'l-ko'l emas. Unday bo'lsa, bizda nima bor?
Javob oddiy: xalq bor, 32 millionlik aholi bor. Bizda keragidan ortiq ishchi kuchi mavjud. Davlat tomonidan kuchli rag'batlantirilmasa ham, ularning o'zi ish izlab chet elga oshiqadi. Hozirda o'zbek migrantlarini Las Vegasdan tortib Vladivostokkacha, Oslodan tortib Sidneygacha uchratish mumkin. Rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilmoqchimizmi, unda o'zimizda yo'g'ini xayol qilmasdan, boridan unumli foydalangan ma'qul emasmi?
Hozirgi yozadigan gaplarim xalqimizni mardikor qilish uchun emas, balki jahon mehnat bozorida chidamli va raqobatdosh bo'lgan malakali kadrlar tayyorlash haqidagi o'y-fikrlar mahsulidir.
1. Oliy ta'limga bo'lgan ehtiyoj bizda 10% atrofida qondiriladi. Qolganiga resurs yetishmaydi. Universitetlarda ortiqcha joy yo'q. Hozir ham ta'lim tizimida muammolar gapirilib, qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Ammo bu hali ilk qadamlar, xolos. Biz ta'lim tizimini tezlashtirishimiz lozim. Bunga o'qitish predmetlarini qisqartirish, ixtisoslikni toraytirish, talabaning o'zida mustaqil tayyorlanish uchun vaqtni ko'proq qoldirish kerak. Shunda universitet binolari doimiy band bo'lib turmaydi. Biz abituriyentlarning kamida 50%ini qamrab oluvchi oliy ta'lim tizimini yaratishimiz zarur.
2. Universitetlarimizdagi ta'lim standartlarini hozirgi jahon standartlariga o'tkazib qo'ya qolishimiz zarur. Chunki, oliy ma'lumotlilikni bildiruvchi diplom xorijda naf bermasa, bundan nima ma'no? Buning uchun xorijiy universitetlar bilan o'zaro munosabatlarni kuchaytirish, huquqiy asoslarni yaratib borish (shartnomalar tuzish, memorandumlar, o'zaro anglashuv hujjatlarini imzolash orqali), diplomatik aloqalarda ta'lim bilan bog'liq masalalarga alohida urg'u berish kerak bo'ladi. Qisqasini aytganda, universitetlarimizning diplomlari xorijda haqiqiy va huquqiy kuchga ega bo'lsin.
3. Bugungi kunda mehnat resurslariga talabgor davlatlar bilan mehnat migratsiyasiga oid munosabatlarni chuqurlashtirish, bu sohada ikkitomonlama shartnomalar tuzish muhim omillardandir.
Bunday davlatlar Markaziy va Shimoliy Yevropada, Shimoliy Amerikada (Kanada), Arabiston yarim orolida anchagina topiladi.
4. Odamlarimizga hech qursa bir chet tilini o'rgatishimiz kerak. Axir, bir zamonlar Behbudiy 4 til kerakligi haqida gapirgandi. Hozirda ingliz, nemis, arab (hech bo'lmasa, mehnat munosabatlariga oid tushunchalardan boxabar qilish), ispan, koreys, fransuz, rus tillariga alohida ahamiyat berish zarar qilmaydi.
5. Bizning chetga chiqadigan ishchilarimizni professional bilimlar va til bilan qurollantirishimiz ularning tanlovini ko'paytiradi. Ya'ni bugun ko'pchilik shimolga "oqib boradi", chunki viza tartibi yo'q, rus tilidan oz-moz xabardorlik va postkolonial psixologiya mavjud. Rossiya Federatsiyasida norasmiylarini ham hisoblaganimizda 3.5 mln atrofida mehnat muhojirimiz bor. Agarda ular boshqa tillarni ham bilishsa, O'zbekiston va boshqa davlatlar o'rtasida mehnat migratsiyasiga oid huquqiy sharoit mavjud bo'lsa, migrantlarning jahon xaritasidagi harakat yo'nalishi ancha xilma-xil bo'lgan bo'lardi.
Shu bilan birga, bu holat suverenitetimizning mutlaqligi uchun ham katta ahamiyatga ega bo'lardi. Shunda biz "agar Rossiya o'zbek migrantlarini chiqarib yuborsa yoxud hujjatlashtirishni (patent olishni) atayin qiyinlashtirsa" qabilidagi xavotirdan biroz qutulgan bo'larmidik?
Xulosa o'rnida aytishim kerakki, bu post orqali masalaning bir parchasinigina yorita oldim. Yuqorida yozganlarimni amalga oshirish uchun anchagina vaqt va mehnat, mablag' talab qilinadi. Ammo ichki mehnat bozorimizda talabga yarasha takliflar qila olmayotgan ekanmiz, tashqaridan choralar qidirishimiz maqbuldir.