Dunyo aholisining kattagina qismini turkiy xalqlar tashkil etadi. Bu butun dunyo bo'ylab taxminan 200 milliondan ortiq turkiy millat umrguzaronlik qilmoqda deganidir. AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi hisobotiga ko'ra turkiy millat soni 197.9 millionni (2010-yil o'rtalari) tashkil etarkan. Ularning oltitasi mustaqil davlatga ega, yana bir qanchasi Rossiya, Xitoy va Moldovada[1] avtonom davlat yoki hududiy birlik sifatida yashamoqda. Qisqasini aytganda, 30dan ortiq turkiy til oilasiga kiruvchi xalqlar mavjud. Bu xalqlar ko'p bora birlashgan va tarqalib ketgan. XXI asrning birinchi choragida turkiy davlatlar pragmatik siyosat olib borishga harakat qilayotganlari bois qardosh millatlarning kuchli ittifoqi, yaqin aloqasi ko'pda sezilavermaydi ham. Ammo bu turkiylarni birlashtiruvchi biror tuzilma yo'q degani emas. Hozirgi kunda Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti, Turkiy kengash, Xalqaro turkiy akademiya kabilar faoliyat yuritmoqda. Quyida shu xususida so'zlaymiz.
Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti - iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda turkiy davlatlar va xalqlar o'rtasida do'stlik, hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning bosh binosi (TurkSOY) Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi kunda tashkilotga qozog'istonlik Dyusen Kaseinov bosh direktorlik qilmoqda. Tashkilotning 3ta rasmiy tili bor: turk, rus, ingliz. Hozirda 10ta a'zo davlat, federal subyekt va muxtor viloyat mavjud. Bular Qozog'iston, Turkiya, O'zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Gagauziya, Tatariston, Yoqutiston, Shimoliy Qibris Turk Respublikasi kabi davlatlardir. Tashkilotning tamal toshlari 1992-yilda Anqara va Bokuda bo'lib o'tgan O'zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmaniston madaniyat vazirlarining uchrashuvida qo'yilgan. 1993-yil 12-iyulda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada «Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tashkiloti»ga asos solingan hamda tegishli hujjatlar imzolangan. Tashkilotning hozirgi nomi 2009-yilda berilgan, aynan shu yili tashkilot Turkiy kengashga kirgan.
1996-yilda XTMT va YUNESKO o'rtasida rasmiy hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
Turkiy kengash - turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan va a'zo davlatlarning har tomonlama do'stlik, hamkorligini rivojlantirishni maqsad qilib qo'ygan xalqaro tashkilot. Tashkilotning shtab-kvartirasi Istanbulda joylashgan va qozoq, ozarbayjon, turk, qirg'iz va ingliz tillari rasmiy til sanaladi. Turkiyalik Xalil Aqinchi 2009-2014-yillarda bosh kotib bo'ldi. Shu kungacha tashkilotning bosh kotibi sifatida Ramil Hasanov (2014-yildan) ish yuritmoqda. Turkiy kengashga 2009-yil 3-oktabr sanasida Ozarbayjonning Naxichevon shahrida turk, ozarbayjon, qozoq va qirg'iz prezidentlari uchrashuvida kelishilgan Naxichevon bitimi asos bo'lgan.
Turkiy kengash tarkibida sohalar bo'yicha (1)Istanbul kotibiyati, (2)Prezidentlar kengashi, (3)Tashqi ishlar vazirlari kengashi, (4)Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet, (5)Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi, (6)Bokudagi parlament assambleyasi, (7)Ostonadagi turkiy akademiya va (8)Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti kabi tuzilmalar mavjud. Ushbu Kengashga yaqin orada Turkmaniston va O'zbekiston ham a'zo bo'lib kirishi kutilmoqda.
[1] 2014-yildagi Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi oqibatida Ukraina bu ro'yxatdan chiqib ketgan. Bu paytgacha Qrimda qrim-tatarlar avtonom viloyat sifatida yashardi.
Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti - iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda turkiy davlatlar va xalqlar o'rtasida do'stlik, hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning bosh binosi (TurkSOY) Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi kunda tashkilotga qozog'istonlik Dyusen Kaseinov bosh direktorlik qilmoqda. Tashkilotning 3ta rasmiy tili bor: turk, rus, ingliz. Hozirda 10ta a'zo davlat, federal subyekt va muxtor viloyat mavjud. Bular Qozog'iston, Turkiya, O'zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Gagauziya, Tatariston, Yoqutiston, Shimoliy Qibris Turk Respublikasi kabi davlatlardir. Tashkilotning tamal toshlari 1992-yilda Anqara va Bokuda bo'lib o'tgan O'zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmaniston madaniyat vazirlarining uchrashuvida qo'yilgan. 1993-yil 12-iyulda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada «Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tashkiloti»ga asos solingan hamda tegishli hujjatlar imzolangan. Tashkilotning hozirgi nomi 2009-yilda berilgan, aynan shu yili tashkilot Turkiy kengashga kirgan.
1996-yilda XTMT va YUNESKO o'rtasida rasmiy hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
![]() |
Turkiy kengash bayrog'i |
Turkiy kengash tarkibida sohalar bo'yicha (1)Istanbul kotibiyati, (2)Prezidentlar kengashi, (3)Tashqi ishlar vazirlari kengashi, (4)Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet, (5)Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi, (6)Bokudagi parlament assambleyasi, (7)Ostonadagi turkiy akademiya va (8)Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti kabi tuzilmalar mavjud. Ushbu Kengashga yaqin orada Turkmaniston va O'zbekiston ham a'zo bo'lib kirishi kutilmoqda.
[1] 2014-yildagi Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi oqibatida Ukraina bu ro'yxatdan chiqib ketgan. Bu paytgacha Qrimda qrim-tatarlar avtonom viloyat sifatida yashardi.
No comments:
Post a Comment