Muallif: Yevgeniy Zamyatin, asar 1928–1935-yillarda
yozilgan.
Asar qahramonlari: yosh Atilla, otasi Medyug, akasi
Bleda, imperator Gonoriy va uning singlisi Platsidiya, murabbiy Bass,
vizantiyalik tarixchi Prisk, Atillaning tarbiyachisi Adolb, xunlar yetakchisi
Uld va boshqalar.
Tarjimon: Mirpo‘lat Mirzo (ruschadan).
Nashriyot: “O‘zbekiston” NMIU, 2016.
Atilla. Xunlarning afsonaviy yetakchisi. Navbatdagi
Xun imperiyasining xoqoni. Xalqlarning buyuk ko‘chishi davridagi katta tarixiy
shaxs. Ikkala Rim imperiyasining ham yengilmas raqibi va nihoyat, turkiy dunyo
tarixidagi atoqli qo‘mondonlardan biri. U xususida ko‘plab ilmiy-tarixiy
asarlar yozilgan. Ayni paytda, u tarixiy romanlar qahramoni ham. Ushbu tarjima
asar Atillaning tug‘ilish va o‘spirinlik davrini, xususan Rimdagi hayotini (garchi
xira, qora ranglari ko‘p bo‘lsa-da) badiiy bo‘yoqlarda bayon qiladi.
Asar muallifi Y. Zamyatin ham tarixchi, ham yozuvchidir.
Uning hayoti inqiloblar, to‘polonlar va urushlar davriga to‘g‘ri keldi.
Rossiyadagi oktabr inqilobi natijasida Yevropada xalqlarning kichik ko‘chishi
yuz berdi desak, adashmaymiz. Son-sanoqsiz ijodkorlar, san’atkorlar va ilm ahli
Rossiyadan G‘arbga qarab ko‘chdi. Bunga bolsheviklar sababchi bo‘lgani sir
emas. Yozuvchimiz ham ular qatorida edi. U Parijdan qo‘nim topdi va ijodda
davom etdi. Ehtimol, bu taloto‘plar, xaos yozuvchini o‘z fikrlarini bildirishga
undagan. Xususan, asarda tasvirlangan voqealar ham shunday taloto‘plardan
iborat edi...
***
Milodiy V asrning boshlariga kelib G‘arbiy Rim
imperiyasi har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy, ma’nan) inqirozni boshdan kechira
boshladi. Boshqacha aytganda, qon va zulm ustiga qurilgan va to‘rt asr yashagan
saltanat tanazzuli yaqinlashayotgandi. Odamlarda kelajakka umid so‘nib borar;
mehnatga tobi yo‘q, kayf-u safoga o‘ch, axloqan aynigan olomon paydo bo‘lgandi.
Pul ko‘p, ammo mahsulot yo‘q edi. Yozuvchi bu jarayonni quyidagicha tasvirlaydi:
“Hech bir zamonda o‘lmaydiga tilla ham birdan qadrsizlandi, odamlar unga ishonchini yo‘qotdilar. Holbuki, bu so‘nggi umid edi, hayotda boshqa sobit narsa qolmagandi” [Zamyatin Y. 3-bet].
Jamiyat tanazzuli tabiat hodisalariga ko‘chgan bo‘lib,
qish qattiq kelib, uchib ketayotgan qushlar ham muzlab, pastga qulardi. Yoz
shunday keldiki, daraxtlar uch martadan gulladi; jazirama avjiga chiqib qushlar
yer tugul dov-daraxtga ham qo‘nolmasdi. Bu issiqda odamlar uylaridan qochib
chiqib, dalalarda hayvondek to‘da-to‘da bo‘lib yashashardi. Vaqtni
unutishgandi.
Yer yorilib ketishi haqida karomat qiluvchi avliyolar
ko‘paydi. Ammo yer yorilmadi. Natijada, bu yolg‘on ortidan cherkovning “misi
chiqdi”. Odamlar rohiblarga ishonmay qo‘ydi. Yer titrashlari tingach, to‘fon
yuz berdi. Ko‘pchilikning boshiga yetdi.
Buzuqlik tabiiy holatga aylandi. Bepushtlik ko‘paydi.
Bu holat asarda quyidagicha tasvirlanadi:
“Boy odam, bamisoli, o‘limi oldidan hamma narsasini ulashishga shoshilgandek, ayollar o‘zlarini duch kelganga hadya qilaverdilar. Hammasidan ham ular farzand ko‘rishni endi ortiq istamay qo‘ydilar…” [Zamyatin Y. 5-bet].
Oqibatda, aholi kamaya boshladi. Sharqdan dushman bostirib kelardi, ammo askar yo‘q edi.
Rim erkaklari jang qilishga moyilligini yo‘qotgandi. Shunday qilib, o‘sha
davrdagi Rimning hayot tarzi asarda achchiqqina qilib tasvirlanadi.

“ularga nomi xudolarnikidek jaranglovchi Radagost rahnamolik qilardi”[Zamyatin Y. 8-bet] deb tarjima qiladi. Asarning aslida esa “russlarning xudolaridan birining nomi bilan ataluvchi Radagost” deyilgan.
Tarjimon nimadan andisha qilgan ekan-a? Yana
bir ma’lumot: asarning asil nomi boshqacha, ya’ni “Xudoning qamchisi” («Бич божей»).
Voqealar rivojida Radagostni skiflar (aslida xunlar)
sardori Uld to‘xtatgani va Rimning xaloskoriga aylangani aks ettiriladi. Shu
joyda sahnaga Atilla chiqadi. Amaki va jiyan uchrashadi. Shundan Atillaning
bolaligi tasvirlanuvchi voqealar bayoniga ko‘chiladi.

“Yashasin Rim!” hamma baravar qichqirdi. Atilla shoxga o‘xshash, tikkaygan jingala sochli manglayini quyi solib, miq etmadi. Bass uning oldiga keldi. “Nega mum tishlab turibsan?” Atilladan sado chiqmadi. Hamma ko‘zlar Atillaga qadalgandi; u buni his etdi. “Mening tilim og‘riyapti” – dedi u; rim so‘zlari og‘zidan pichirlab, tishlariga urilib chiqdi” [Zamyatin Y. 93-bet].
Atilla Rimda yasharkan o‘zining kelajakdagi raqiblarini
yaxshilab o‘rganadi, ularning madaniyati, ojizliklari bilan tanishadi. Bu unga
kelajak yurishlarida qo‘l kelgan bo‘lsa, ajabmas. O‘z navbatida unutmaslik
kerakki, yozuvchi Atillaga iloji boricha xolisona yondashishga harakat qiladi.

“Zero bizning qo‘llarimiz qal’ani boy bergan mag‘lublarning qo‘llari kabi ojizdir, qismatimiz esa allaqachon o‘zga xalqlar qo‘llariga o‘tib bo‘lgan…” [Zamaytin Y. 151-bet].
Xulosa qilishga oshiqar ekanmiz, bu qissa tarixning
murakkabliklar, inqiloblar, inqirozlar avj olgan davridan ta’sirlanib
yozilganini unutmaslik kerakligini yodga solmoqchimiz. Atilla shaxsiyati juda
murakkab, uni o‘z tarixiy sharoiti tarbiyalagan. U shunday bo‘lishga majbur
edi. Ammo unda hech kimda uchramaydigan qat’iyat, mag‘rurlik, taqdir inom etgan
iqtidor va zehn bor edi. Uni dushmanlar jang maydonida yenga olmasdilar. Faqat
va faqat xiyla bilan yo‘q qilish mumkin edi. Buyog‘i endi boshqa mavzu…
Zamyatin Y. /Qadimgi Rim va Atilla [Matn]: qissa; ruschadan M.Mirzo tarjimasi. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2016. - 152 bet.
Casino 1xbet Bonus Code - Air Jordan 3
ReplyDelete2Xbet where can you buy air jordan 18 retro red suede Bonus 파랑새 토토 Code · Deposit: 100% bonus up to $200 · air jordan 18 retro shop Sports: Football, Basketball, Basketball · Minimum Deposit: 스포츠 토토 승부 식 분석 벳피스트 $10 · Players: how can i order air jordan 18 retro racer blue 1,