Saturday, 24 December 2016

"Otalar va bolalar": nigilizmning tanazzuli

“The fact is that previously they were simply dunces and now they've suddenly become nihilists.” 


Muallif: Ivan Turgenev
Tarjimon: Malik Rahmon
Qahramonlari: Y. Bazarov (nigilist), Arkadiy Kirsanov (Bazarovning shogirdi, do’sti ham), Nikolay va Pavel Kirsanovlar (aka-uka, kambag’allashayotgan va o’zgarishlarga urinayotgan dvoryanlar), Fenichka, Anna va Katya Sergeyevnalar, Vasiliy Ivanovich va Arina Vlasyevna (Bazarovning ota-onasi), Sitnikov (nigilist bo’lishga urinadi), Shukshina (Sitnikovning do’sti, ma’rifatli va ilg’or bo’lishga urinadigan, aslida betayin ayol) va boshqa 2-darajali obrazlar: xizmatkor, malay, oqsoch-u oshpaz, qarindosh va qo’shnilar kabi.
Voqealar joyi: Muallif Rossiyaning birorta gubernasini tanlagan deb aytolmayman, joy nomi “*** gubernasi” deb nomlangan. Bu bilan butun Rossiyadagi ahvol shunday demoqchi, deb xulosa qilish mumkin. Marino, Fedot, Nikolskiy kabi qishloq nomlari keltiriladi, ammo bular juda umumiy tanlangan va o’z-o’zidan to’qima ekanligi ko’rinib turibdi.
Voqealar rivoji xususida batafsil to’xtalib o’tirmayman, roman dramatik lahzalarga boy, fojia ham mavjud.
Asarga shaxsiy munosabatim va taassurotlarim
Roman XIX asr o’rtalaridagi rus hayotining chizgilari bo’lib, ota va bolalar munosabati, hurmat va izzat haqidagi yaxshigina ibratdir! Shu o’rinda, yozuvchi rus jamiyatidagi taraqqiyotga bo’lgan urinishlar natijasi – dekabristlar harakati, so’ng nigilizm kabilarning ketma-ketligiga yuksakdan qarab, ularning ikkisi ham tanazzulga uchraganiga baho beradi. Jumladan, Bazarovning o’lishi nigilizmning “o’limi”dan ham belgi beradi.
Arkadiyning Katya bilan munosabati meni rosa qiziqtirdi, ruhlantirdi.
Nigilizm menga butkul yot ekanligini his qildim. Muhimi, asar ishonchli chiqqan va men uni ma’qul deb topdim.
O’qilgan vaqti va joyi: Toshkent, 2015-yilning 20–30-noyabrlari.